«miraziz bozorov» tegli maqolalar


Sud Miraziz Bozorovga uy qamog‘i jazosini tayinladi
21 yanvar 2022, 21:11

Sud Miraziz Bozorovga uy qamog‘i jazosini tayinladi

Sud toshkentlik bloger Miraziz Bozorovni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilganlikda aybli deb topib, unga 3 yil muddatda ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.

Sud Miraziz Bozorov ishini OAVda yoritishni taqiqladi
21 yanvar 2022, 14:12

Sud Miraziz Bozorov ishini OAVda yoritishni taqiqladi

Toshkentda bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish boshlandi. Jurnalistlar avvalroq PZR-test ma’lumotnomasi talab etilishi haqida xabar berilmaganligi uchun sud binosiga kira olmadi. Bundan tashqari, sud majlisi ochiq deb e’lon qilinishiga qaramasdan, sud jarayonini suratga olish va OAVda yoritish taqiqlandi.

Bloger Miraziz Bozorov ishi bo‘yicha sud kuni aniq bo‘ldi
19 yanvar 2022, 18:44

Bloger Miraziz Bozorov ishi bo‘yicha sud kuni aniq bo‘ldi

Sud 20 yanvar kuni toshkentlik bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rishni boshlaydi. Jabrlanuvchilar 4 kishidan iborat bo‘lib, ular orasida bloger Shuxrat Musayev hamda Abror Muxtor Aliy ham bor.

Miraziz Bozorov tuhmat qilganlikda ayblanmoqda
11 may 2021, 21:33 1

Miraziz Bozorov tuhmat qilganlikda ayblanmoqda

Bloger Miraziz Bozorovga nisbatan JKning «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish»ga oid moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Dastlab jinoyat ishi 110-son umumta’lim o‘rta maktabi o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida ochilgandi. Endi jabrlanuvchilar qatorida Bozorov unga qarshi obunachilarini «jazolash»ga chaqirganini ta’kidlagan uch nafar bloger ham bor.

Miraziz Bozorovga hujum qilgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi
30 aprel 2021, 12:58

Miraziz Bozorovga hujum qilgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi

Miraziz Bozorov 110-maktab o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish» moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga aylandi. Hozirda u uy qamog‘ida. Mart oyi oxirida bloger LGBT faollariga qarshi namoyish kuni noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan. Ichki ishlar boshqarmasi hujum qilgan shaxsning fotorobotini e’lon qildi.

IIV fuqarolarni «provokatsiyalarga berilmaslikka» chaqirdi
29 mart 2021, 14:57

IIV fuqarolarni «provokatsiyalarga berilmaslikka» chaqirdi

Ichki ishlar vazirligi bloger Miraziz Bozorovni provokator deb ta’riflangan videoni namoyish etdi. Shuningdek, Amir Temur maydonida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar ishtirokchilari bilan suhbatlardan parchalar keltirdi. Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, voqea «haddan tashqari hissiyotga ega fuqarolar va huquqiy savodxonligi past bo‘lgan shaxslar, qonunchilikni chetlab o‘tib, muammoni o‘zlari hal qilmoqchi bo‘lishgan».

Toshkentda bloger Miraziz Bozorov qattiq kaltaklandi
29 mart 2021, 14:00

Toshkentda bloger Miraziz Bozorov qattiq kaltaklandi

Yakshanba kuni kechqurun noma’lum shaxslar bloger Miraziz Bozorovni kaltakladilar. Unda bir necha jarohat va sinishlar qayd etilgan. Shu kuni u anime va K-pop muxlislarini poytaxt markaziga yig‘ilishga chaqirgan. Shu vaqtning o‘zida u yerda LGBT ga qarshi aksiya bo‘lib o‘tgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting